Toifalar

Go'sht maydalagichlar

Go'sht maydalagichlar

Go'sht va suyak arra

Go'sht va suyak arra

Xamir aralashtirgichlar

Xamir aralashtirgichlar

Fastfood uchun uskunalar

Fastfood uchun uskunalar

Oshxona uskunalari

Oshxona uskunalari

Pechlar

Pechlar

Brendlar

Silverinox
Silverinox

Cagdas
Cagdas

Bosfor
Bosfor

Silverinox
Silverinox

Biz haqimizda

Faoliyatimiz

Kompaniyamiz 25 yildan buyon O‘zbekiston bozorida oshxona texnikasi va qishloq xo‘jaligi uskunalari sohasida yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda. Bu yillar davomida to‘plagan ulkan tajribamiz tufayli mijozlarimizga faqat sinovdan o‘tgan va ishonchli mahsulotlarni taklif etib kelmoqdamiz. Bugun 30 000 dan ortiq mijozning ishonchini oqlagan mahsulotlarimiz bilan bemalol faxrlana olamiz. Ular bizni sifatli mahsulotlarimiz va professionalligimiz uchun tanlashgan. Assortimentimiz allaqachon ishonchlilik ramziga aylangan o‘z Hoston brendimiz ostidagi mahsulotlarni, shuningdek, dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlarini o‘z ichiga oladi. Jami 300 dan ortiq turdagi yuqori sifatli, chidamli va zamonaviy standartlarga javob beradigan mahsulotlarni taklif etamiz.

Biz haqimizda

Vazifamiz

Biz eksport geografiyasini kengaytirib, yangidan-yangi xalqaro bozorlarga chiqib, uzluksiz rivojlanishga intilamiz. Mahsulotlarimizni mijozlar uchun yanada qulayroq qilish maqsadida asosiy hududlarda yangi shou-rumlarni ochish vazifamizning muhim qismidir. Oliy maqsadimiz – yuqori sifatli va innovatsion yechimlarni taklif qilish orqali jahon miqyosida oshxona va qishloq xo‘jaligi texnikalarini sotishda yetakchiga aylanishdir.

Boshqa sahifaga o’tish

25+

bozordagi ko‘p yillik tajribamiz mijozlarimizga sifatga bo‘lgan ishonchni kafolatlaydi.

01

30000+

bizga ishongan va yuqori sifatli xizmatdan foydalangan mamnun mijozlar

02

300+

har qanday ehtiyojga mos keladigan kafolatlangan va sifatli mahsulotlar turlari

03

Afzalliklarimiz

25 yillik tajriba

Yigirma yildan ortiq vaqt davomida xizmatlarimiz va assortimentimizni mijozlarimiz talablariga mos ravishda takomillashtirib kelmoqdamiz. Tajriba va professionalligimiz bozorda yetakchilik mavqeimizni saqlab qolishga yordam beradi

Vositachilarsiz sotuv

Biz to‘g‘ridan-to‘g‘ri, vositachilarsiz ishlaymiz. Bu bizga texnikani bozordagi eng qulay narxlarda taklif qilish imkonini beradi. Bu afzalligimiz har bir mijoz uchun mahsulotlarimizning qulayligini ta’minlaydi.

O‘zbekiston bo‘ylab shou-rumlar

Shou-rumlar tarmog‘imiz mamlakatning asosiy hududlarini, jumladan, Toshkent, Farg‘ona, Xorazm va Andijonni qamrab oladi. Biz mijozlarimizga yaqinroq bo‘lishga intilamiz. Shu sababdan ham aholi gavjum joylarda yuqori sifatli mahsulotlarimiz sotuvini yo’lga qo’yganmiz.

Kompaniya bonuslari

Mijozlarimizga qulay sharoitlar, jumladan arzon narxlar va shaxsiy bonuslarni taklif etamiz. Biz bilan hamkorlik qilish – qulaylik va tejamkorlik kafolatidir

strelka

Galereya

Yangiliklar

Ko‘p so‘raladigan savollar

Ha, mahsulotlarimizni Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonga eksport qilamiz. Yaqin kelajakda eksport geografiyasini kengaytirish rejalashtirilgan.

25 yildan ortiq vaqtdan beri faoliyat yuritamiz. Bu vaqt ichida 30 000 dan ortiq mijozga xizmat ko‘rsatdik va ishonchli yetkazib beruvchi sifatida tanildik.

Shou-rumlarimiz O‘zbekistonning asosiy shaharlarida: Toshkent, Farg‘ona, Xorazm va Andijonda joylashgan. Shuningdek, mahsulotlarimiz har qanday hududda mavjud bo‘lishi uchun butun respublika bo‘ylab yetkazib berish xizmati mavjud

Biz to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvchimiz va vositachilarsiz ishlaymiz. Bu bizga mahsulotning yuqori sifatini saqlab qolgan holda eng qulay narxlarni belgilash imkonini beradi.

Biz 300 dan ortiq turdagi texnikani, jumladan oshxona jihozlari, qishloq xo‘jaligi uskunalari, shuningdek o‘z Hoston brendimiz ostidagi mahsulotlarni taklif qilamiz.

Biz keng assortiment, sifatli mahsulotlar va arzon narxlarni taklif etamiz. Ko‘p yillik tajribamiz va mijozlarimizning ishonchi bizning professionalligimizni tasdiqlaydi.